09 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Xalqaro hamkorlik
19 Iyun  2020 2076
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Janobi Oliylariga

Qozogʻiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti – Elboshi
Nursulton Nazarboyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Nursulton Abishevich!

Sizning koronavirus kasalligiga chalinganingiz toʻgʻrisidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan 
qabul qildim. 

Hayotingizdagi ushbu sinovli va murakkab paytlarda biz uchun hamisha cheksiz ehtiromga sazovor boʻlib kelgan Siz, aziz ogʻamni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligimni va yaqin koʻmakdosh ekanligimni yana bir bor chin qalbdan maʼlum etmoqchiman.

Hech shubhasiz, qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib oʻtib, shifo topishingizga va tuzalib ketishingizga ishonchim komildir.

Qadrli Nursulton Abishevich, Sizga, Qodir Allohdan mustahkam sihat-salomatlik, kuch-quvvat, uzoq umr va yangi zafarlar ato qilishini soʻrab qolaman.

Tez orada Siz bilan diydor koʻrishish baxtiga muyassarlik nasib etishiga umid qilaman.

Hurmat bilan,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
 
Shavkat Mirziyoyev

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech