27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Xavfsizlik
19 May  2020 255

Pistirmada qoʻlga tushgan bosqinchilar

Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani IIB xodimlarining saʼy-harakatlari natijasida bir guruh bosqinchilar qoʻlga olindi.

Xoʻjaobod tumanining Ipakchi mahallasida yashovchi fuqaroning uyiga 3 nafar nomaʼlum shaxs xoʻjalik pichogʻi bilan qurollanib, yuzlariga niqob taqib olgan xolda devor oshib kirishgan. Lekin ular pistirmadan bexabar edi.

Xoʻjaobod tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotga asosan, 2020-yil 17-maydan 18-mayga oʻtar kechasi tumanning Ipakchi mahallasida yashovchi fuqaroning yashash uyida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tezkor tadbir davomida 3 nafar nomaʼlum shaxs xoʻjalik pichogʻi bilan qurollanib, yuzlariga niqob taqib olgan xolda xonadon egasidan bosqinchilik yoʻli bilan pul talab qilish maqsadida xonadonga devor oshish yoʻli orqali kirishgan vaqtlarida pistirmada turgan IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ularning Buloqboshi tumanida yashovchi 3 nafar fuqarolar ekanligi maʼlum boʻlgan. Ulardan 3 dona xoʻjalik pichogʻi, 3 dona niqoblar hamda boshqa buyumlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Xoʻjaobod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasining 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, yuqoridagi shaxslar Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanganlar.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech