11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Dolzarb
20 Mart  2019 4669

Tehron aeroportida samolyotda yong‘in chiqdi

Yong‘in tezda o‘chirildi va hodisadan hyech kim zarar ko‘rmadi.

Tehrondagi Mehrobod aeroportida mahalliy vaqt bilan 21:00 da «Iran Air» aviakompaniyasiga tegishli samolyotning qo‘nish chog‘ida shassisi ochilmadi. Qo‘ngandan so‘ng esa yong‘in chiqqan. Shaharning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha departamenti rahbari ma'lumotiga tayangan «Fars News» shunday xabar tarqatdi. Eron tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati rahbari Pir Husayn Kolivandning aytishicha, hodisa sababli jarohatlanganlar yo‘q.
Layner Eronning Fors ko‘rfazidagi Keshm orolidan Tehronga parvozni amalga oshirayotgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech