19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,9 °C

Suhbat
20 May  2019 1611

Poytaxtda «Humo» to‘lov tizimi ishlamoqda, navbat - Buxoroga

O‘zbekistonda to‘lov tizimlari o‘rtasida raqobat mavjud emasligidan noliydigan foydalanuvchilar yengil nafas olishi mumkin, endi ular ikkita bo‘ldi - «UzCard» va «Humo».

So‘nggi paytlarda ikkalasi ham innovatsion texnologiyalarni faol joriy etmoqda. O‘tgan oyda birinchisining logotipi o‘zgartirildi, ikkinchisining esa, endi hali butun O‘zbekistonni qamrab olishi kerak. Buning qanday amalga oshirilayotgani va istiqboldagi rejalar haqida Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhrat Qurbonov so‘zlaydi:

- Bugun poytaxtimizda allaqachon 54 000 dan ortiq terminal o‘rnatilgan. Bu Toshkentdagi har bir nuqta allaqachon «Humo» kartalarini qabul qiluvchi terminal bilan jihozlanganini anglatadi. 2019-yilning 1-mayidan tijorat banklari bilan hamkorlikda kartalar emissiyasi ishga tushirildi. Bu shuni anglatadiki, istagan kishi bankka kelib, «Humo» kartasini berishlarini so‘rashi yoki istalgan korxona ushbu kartaga ish haqi loyihasini (yana xodimning iltimosiga binoan) o‘tkazishi mumkin.

Ko‘pchilik savol beradi: pilot testlar nima va nimaga kerak, deya. Har qanday yangilik sinovdan o‘tishi kerak, chunki hamisha nozik jihatlari yuzaga chiqib qolishi mumkin. Bu - mobil internet aloqasi, karta berish jarayonini tashkil etish, PIN-kodlarni o‘rnatish va boshqalar. Ushbu oy cheklar mazmunidan tortib, to tranzatssiya ishlovlari tezligiga qadar tizim ishiga juda ko‘p o‘zgarishlar kiritdik. Buning bari terminal olgan savdo nuqtasi yoki mijoz kartasidan maksimal samarali foydalanishi uchun amalga oshirildi.

Toshkentda terminallar o‘rnatilgandan so‘ng, jarayonni poytaxt viloyatida boshladik. Shundan so‘ng Buxoro va butun mamlakat bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlaymiz. Bunday kengaytirish rejasining tanlanishi sababi shundaki, «Humo» kartasining har bir egasi odatdagi xizmat ko‘rsatish nuqtalarida uning yordamida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lsin.

- Demak, poytaxtning istagan fuqarosi, jumladan, ish haqi bank kartalari foydalanuvchilari yangi tizimga o‘tishlari mumkin ekan-da?

- Ish haqini qaysi kartada olish - xodim yoki tashkilotning shaxsiy ishi. Shuning uchun, agar ular «Humo»ni afzal ko‘rsa, hech kim buni rad etish huquqiga ega emas. Biz butun Toshkentni infratuzilma bilan qamrab oldik. Deyarli hamma joyda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Ehtimol, terminal joylashgan joylar border-u ammo sotuvchilar hali qurilmaning barcha imkoniyatlaridan qanday foydalanishni bilmas, kontaktsiz to‘lov bozorimiz uchun hali yangilik.

- «Humo» to‘lov tizimining «UzCard»dan farqi qanday?

- Eng ko‘p beriladigan savol. Bu mutlaqo boshqa tizimlar va yondashuvlardir. Fikrimizcha, «Humo» mijozlar boshidanoq eng zamonaviy, innovatsion, qulay - xalqaro tizimlar kartalarini qabul qilish imkonini beruvchi kontaktsiz to‘lovlar, infratuzilmani olishlarini maqsad qilgan.

Ikkinchisi - ochiqlik tamoyili. Har qanday qurilma bizning tizimimizda ishlashi mumkinligini e'lon qildik. Yagona sharti - xalqaro standartlarga muvofiq barcha xavfsizlik sertifikatlarining mavjudligi. Va uchinchisi – qat’iy markazlashtirishdan voz kechish, ya'ni bu to‘lov tizimi sohasida ishtirokchilar, ya’ni banklar rolini oshirishga intilishdir. Ular biz uchun asosiy xizmatlar va mahsulotlar uchun buyurtmachilardir.

- «Humo»ni yaratishuga «UzCard» tizimidagi to‘xtab qolish turtki berdi, millionlab fuqarolar bir necha soat ichida naqd pulsiz xarid qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi. Yangi tizim bunday holatlardan sug‘urtalanganmi? Agar kelgusida banklarning o‘zi operatorga aylansa, bu foydalanuvchilar uchun foydali bo‘ladimi?

- Har qanday tizim qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Bunda gap, bu iste'molchilar va ular foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmatlarga ta’sir qiladimi-yo‘qmi, ana shunda. Shu bois har qanday qat'iy markazlashtirilgan tizimda bu yoki boshqa muammoning barcha foydalanuvchilarga ta’sir qilishi xavfi mavjud. Shu sabab «Humo» tizimida tizimni bosqichma-bosqich markazsizlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, bu kartalar, terminallar va bankomatlarni banklar qo‘liga topshirishni nazarda tutadi. Bu nafaqat foydali, balki birinchi navbatda moliyaviy muassasalar uchun ham qulaydir.

To‘g‘ri, keyin ularda masuliyat ortadi, lekin bu me’yoridagi holat. Banklar xizmatlar yaratishi, ichki taranzaksiyalarni arzonga amalga oshirishi mumkin, bu esa foydalanuvchilar uchun qulay va foydali hamdir. Va eng muhimi, butun tizimning to‘xtab qolish ehtimoli minimumga tushadi. Albatta, bu oson emas, afsuski, bugun bunday murakkab texnologiyalarda ishlashga tayyor mutaxassislar ham kam. Lekin bu vaqtinchalik masala.

- Nima uchun tizim orqali kontaktsiz to‘lov amalga oshirilganda bunday kichik limit - 50 ming so‘m belgilangan?

- PIN-kodsiz va kontaktsiz to‘lovlar uchun chegara mavjud. 50 ming so‘mdan ortiq summani ham kontaktsiz to‘lash mumkin, faqat PIN-kodni kiritish kerak bo‘ladi.

PIN-kodsiz to‘lov qancha miqdorda bo‘lishi kerakligini, va umuman, bunday imkoniyat taqdim etilishi kerakmi-yo‘qmi uzoq o‘yladik, o‘rgandik. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, qulay degan qarorga keldik. Keyin summa masalasi yuzaga chiqdi. Misol uchun, Rossiyada bunday cheklov 1000 rubl (taxminan 15,5 dollar) bo‘lib, aprel oyida 3000 rublga (taxminan 46 dollar) ko‘tarildi. Yevropada, o‘rtacha miqdor 100 yevro. Bu to‘lovni osonlashtiradi va uni yanada qulayroq qiladi. Foydalanuvchilarning mas'uliyati oshishi turgan gap, lekin hyech birimiz pul solingan hamyonni to‘g‘ri kelgan joyda qoldirib ketavermaymiz, albatta. Bank kartasi bilan ham shunday – o‘z mablag‘ini ehtiyotlashni o‘rganish talab etiladi: PIN-kodni hech kimga atmang, kartani begonalarga bermang.

Ko‘rib turganimizdek, yagona xavf - kartaning jismoniy yo‘qolishi bilan bog‘liq. Biroq uni soddalashtirilgan usulda, masalan, SMS orqali bloklash mumkin.

Muhammad Qarshiboyev

yozib oldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech