28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,5 °C

Turizm
22 Yanvar  2020 1503

Registon bo‘ylab to‘qqiz tilda sayohat

Samarqand shahrining qadimiy Registon me'morchilik ansambliga tashrif buyurgan sayyohlar endi ko‘p tildagi universal qurilma «G-7» «HEGNA» audiogidi xizmatidan baharamand bo‘lishlari mumkin.

— Taklif etilayotgan audiogid sayyohlarga Samarqandning eng diqqatga sazovor tarixiy obidalari haqida sayyohlarga dunyoning to‘qqiz tilida to‘liq axborot berish imkoniga ega, — deydi Registon ansambli direktori o‘rinbosari Azamat Samatov. — Qurilmaning simsiz quloqchinlar va ovoz kuchaytirgichlari bilan jihozlanishi unga me'moriy majmuaning yakka mehmonlariga ham, sayyohlarning kichik guruhlariga ham xizmat ko‘rsata olish imkonini beradi. Audiogid dasturiga joylashtirilgan matnlar malakali tarixchilar va o‘rta asr me'morchiligi bo‘yicha soxa mutaxassislari tomonidan tayyorlangan.

Butun dunyodagi audiogidlar ko‘proq mustaqil sayohat qilmoqchi bo‘lgan yakka sayyohlar tomonidan qo‘llaniladi. Unday texnologiya sayyohlarga ob'ekt haqida ma'lumotni maksimal darajadagi qulay vaqt oralig‘ida olish imkonini beradi.

— O‘zbekistonda sayyohlar oqimining o‘sishini inobatga oladigan bo‘lsak, respublikaning tarixiy diqqatga sazovor joylarida audiogid xizmatining joriy etilishi juda dolzrab, — deydi yaponiyalik sayyoh Kavanabi San. — Bu turizm mahsulotlarining jozibadorligini oshiradi.

Ushbu xizmat turidan qadimiy shahrimizda yana Samarqandning shakllanish tarixi muzeyi — «Afrosiyob»da ham foydalanish mumkin, deya xabar beradi samtur.uz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech