24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Transport
19 Iyul  2019 805

Xitoy bilan 24 ta elektrovoz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda O‘zbekiston temir yo‘l ma'muriyati boshqaruvining Xitoyning yuk hamda yo‘lovchi tashuvchi lokomotivlar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi kompaniyalar CNTIC-CRRC DLOCO konsorsiumi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 24 ta elektrovoz (16 ta yuk tashish va 8 ta yo‘lovchi-yuk tashish) bo‘yicha shartnoma imzolandi, deya xabar beradi, deb xabar bermoqda jamiyat matbuot xizmati. 

Imzolash marosimida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi H.Hasilov, CNTIC - Lin Chunxay va CRRC Dalian Co.Ltd. - Lin Sunszen boshqaruvi raislari ishtirok etdilar.

Yangi lokomotivlar «Temir yo‘llar samaradorligini oshirish» loyihasi doirasida, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan «Lokomotiv parkini yangilash» investitsion loyihasi doirasida sotib olinadi.

Lokomotivlar partiyasi yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan. Shu bilan birga, ular tog‘ sharoitida og‘ir yuklarni tashish imkoniyatiga ham ega. Ularda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar elektr energiyasini tejash bilan birga yoqilg‘i sarfini kamaytirish imkonini ham beradi. Lokomotivlar ekologik toza asinxron tortish elektryuritgichlari bilan jihozlangan.

Ta'kidlash joiz, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ parkida lokomotivlarning 50 foizdan ortig‘i yangilangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech