24 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Mamlakatimizda
18 Sentyabr  2019 655

Bojxona instituti kursantlarini paxtaga jalb qilish bo‘yicha tilxat olinmagan

Joriy yil 10-sentyabr kuni ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti kursantlaridan paxta yig‘im-terim mavsumiga ko‘ngilli asosda jalb etish bo‘yicha tilxatlar olinganligi to‘g‘risida asossiz va soxta ma'lumotlar tarqatilgan, deb xabar qiladi qo‘mita matbuot xizmati.

Bugungi kunda Bojxona institutida o‘quv jarayoni tegishli ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja asosida uzilishlarsiz davom etmoqda. Institut kursantlarini paxta yig‘im-terim mavsumiga jalb etish bo‘yicha biror bir buyruq qabul qilinmagan. Barcha shaxsiy tarkib o‘quv jarayonida to‘liq ishtirok etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech