16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Turizm
21 May  2019 646

Polshalik sayyohlar o‘zbek milliy taomlarini tayyorlab ko‘rishdi

Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan gastronomik turizmni keng targ‘ib qilish maqsadida polshalik 52 nafar sayyoh uchun o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

“Bog‘i eram” dam olish maskanining Master-klass markazida o‘tkazilgan mahorat darsida polshalik turistlar o‘zbek milliy taomlaridan osh, sho‘rva, somsa va turli salatlarni maromiga yetkazib tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etishdi. Tadbir davomida mehmonlar o‘zbek taomnomasi haqida to‘liq ma'lumot olishdi hamda masalliqlarni tanlash, tayyorlash, umuman pazandalik san'ati bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, tadbirda Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti mutaxassislari polshalik sayyohlar bilan gastronomik turizmni yanada rivojlantirish borasida fikr almashishdi.
Mehmonlar uchun uyushtirilgan mahorat saboqlari va taqdim etilgan sovg‘alar ularga hamisha O‘zbekistonni eslatib turish bilan birga sayyohlarni yana va yana Yurtimizga, Toshkentga chorlab turadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech