30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Transport
18 May  2020 380

Poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Bugundan qator mahalliy yoʻnalishlarda poyezdlar harakati tiklandi.

Bugun soat 07: 00 da Toshkent – Navoiy – Buxoro yoʻnalishida №762-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd “Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalidan joʻnab ketdi. Soat 16:28 dan Buxoro – Navoiy – Toshkent yoʻnalishida №761-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd Toshkentga qaytadi.

Shuningdek, soat 08:00 da Toshkent – Qarshi yoʻnalishida №760-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd “Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalidan joʻnadi va shu kuni soat 17: 58 dan Qarshi – Toshkent yoʻnalishida №759-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd Toshkentga qaytadi.

Soat 08:05 da esa “Toshkent-Janubiy” vokzalidan Toshkent – Andijon yoʻnalishida № 60-sonli poyezd joʻnab, shu kuni soat 15: 33 dan Andijon – Toshkent yoʻnalishida № 59-sonli tezyurar yoʻlovchi poyezd Toshkentga kirib keladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech