24 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,3 °C

Urbanizatsiya
7 Dekabr  2019 1067

Poytaxt markazidagi avtoturargohda turk ishbilarmonlari mehmonxona va biznes markaz qurmoqchi

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz, Istiqlol ko‘chalari va Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasida (aholi orasida “UCELL ro‘parasidagi avtoturargoh”)  o‘rnida amalga oshirilayotgan loyiha yuzasidan ko‘plab muhokamalar paydo bo‘ldi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati mazkur loyiha kimning tashabbusi bilan va qaysi maqsadlarda amalga oshirilayotganligi bo‘yicha quyidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning 2018-yilning bahor mavsumida O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida iqtisodiy va investitsion sohalarda qator kelishuvlarga erishilgan.

Tashrif natijalariga ko‘ra,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, Turkiyaning “Çalık Enerji” kompaniyasining 400 mln. dollar investitsiyasi asosida “Turkiya biznes markazi va zamonaviy mehmonxona tashkil etish” loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

“Yo‘l xaritasi”ni bajarish doirasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi “Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan loyihaning asosiy parametrlari va amalga oshirish manzili belgilangan.

Loyihaning amalga oshirilishi jarayonida uchta zamonaviy 15 qavatli binoning qurilishi ko‘zda tutilgan. Ular mehmonxona va ikkita biznes markazidir. Ular ostida ikki qavatli yer osti avtoturargohi hamda binolar atrofida sayr qilish uchun yashil hudud barpo etilib, loyiha umumiy 2.5 gektar maydonda, 400 mln. dollar miqdorida kiritilayotgan investitsiya hisobiga amalga oshiriladi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida 200 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan muhokamalarda, poytaxtliklarni mazkur hudud ostidan o‘tgan metro, u yerda o‘sayotgan daraxtlarning taqdiri, qurilish ishlarini yakunlash muddati va boshqa masalalar xavotirga solmoqda.

Ushbu savollarga aniqlik kiritish maqsadida, hokimlik matbuot xizmati xodimi loyiha tashabbuskori vakillari bilan uchrashdi.

Shunday qilib, investor tomonidan taqdim qilingan loyihaga ko‘ra, metro ustida yashil hudud barpo etiladi. Shu bilan birga u daraxtlarni kesish uchun ruxsat berishga nisbatan amal qilayotgan moratoriydan xabardor ekanligini va daraxtlarni ziyonsiz ko‘chirib o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini ma'lum qildi. Birlamchi rejaga ko‘ra, loyihani amalga oshirish muddati uch yil etib belgilangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech