30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,6 °C

Urbanizatsiya
14 Dekabr  2019 2208

Poytaxtimizda “Hilton Hotels & Resorts” brendi ostida ilk mehmonxona ochildi

Bugun, 14-dekabr kuni “Tashkent City”dagi 21 qavatli “Hilton” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ushbu mehmonxona tadbirlar uchun barcha zallarning tabiiy yoritishga egaligi bilan Toshkentda yagonadir. Bundan tashqari mehmonxona 4 ming odamli sig‘imga ega Kongress-markazining yonida joylashgan.

Barcha anjuman zallari 1 va 2-qavatlarda joylashgan bo‘lib, anjuman va boshqa tadbirlar davomida mehmonlarning harakatlanishini osonlashtiradi.

“Hilton”ning tadbirlar o‘tkazish uchun  mo‘ljallangan umumiy maydoni 2 453 kvadrat metrni tashkil qilib, o‘z ichiga 5 ta ko‘p funksiyali anjumanlar zalini hamda yozgi ayvonga chiqadigan keng banketlar zalini oladi.

Mazkur mehmonxona “Hilton” tarmog‘iga asos solinganiga 100 yil to‘lgan sanada ochilishi ham e'tiborga sazovor bo‘lib, Toshkentdagi otel dunyoning ko‘plab mamlakatlarida faoliyati yurituvchi mehmonxonalar tarmog‘ida o‘zining munosib o‘rnini egallaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech