19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,4 °C

Sport
14 May  2019 928

Poytaxtimizda “Sen uchun yuguraman!” xayriya marafoni o‘tkaziladi

2019-yilning 18-may kuni soat 10:00dan 13:00gacha Bobur nomidagi markaziy ekobog‘da “Sen uchun yuguraman!” xayriya marafoni o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Mazkur marafon salomatligida muammosi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish niyatida tashkil etilmoqda. Tadbir “Sen uchun yuguraman!” deya nomlanishi ham bejiz emas. Unda 200 nafar ishtirokchi yugurish imkoniyatiga ega bo‘lmagan o‘g‘il-qizlar uchun 7 kilometr masofaga yugurishadi.

Xayriya tadbirida yig‘ilgan mablag‘lar bemor bolalarni davolashga yo‘naltiriladi.

Toshkent shahar hokimligi va “Ezgu amal”  jamoat fondi hamkorligida tashkil etilayotgan tadbir davomida estrada xonandalari ijrosidagi konsert va bolalar uchun mahorat darsi ham o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech