07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Transport
17 Mart  2020 401

Poytaxtimizda shahar yo‘lovchi transporti uchun yagona yo‘l chiptasi joriy etiladi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorda belgilanishicha, joriy yilning 1-mayigacha barcha turdagi shahar yo‘lovchi transportida foydalaniladigan yagona yo‘l chiptasi joriy etiladi. Shuningdek, shu yil 1 oktyabrga qadar poytaxtning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tezkor avtobus harakati qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan. Shu maqsadda maxsus qatnov yo‘lagi tajriba tariqasida sinovdan o‘tkaziladi. Buning uchun 20 ta zamonaviy elektrobus va ularni quvvatlash uskunalari xarid qilinishi aholi uchun katta qulaylik yaratishi, shubhasiz.

Hujjatda 2020-yil I chorak yakuniga kadar Toshkent shahrida metroning Yunusobod metro yo‘nalishi II bosqichi (2,9 km), yer usti halqa metro yo‘nalishining I bosqichi (11,5 km) hamda 2020-yil yakuniga qadar Sergeli yo‘nalishining I bosqichi (5,8 km) foydalanishga topshirilishi belgilangani quvonarli hol. Qolaversa, jamoat transportida yo‘lovchi tashish uchun yo‘lkira haqi to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilayotgani ham yaxshi yangilik.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech