08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,7 °C

Xavfsizlik
26 Avgust  2019 700

Bektemirdagi AGTKShda yong‘in sodir bo‘ldi, yuk mashinasi jiddiy zarar ko‘rgan

25-avgust kuni soat 19:11 da Toshkent shahri Bektemir tumani Oxangaron shox ko‘chasida joylashgan “Gulsara Lyuks” MChJga qarashli Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Bo‘linmalar soat 19:15 da yetib borgan va yong‘in soat 19:24 da bartaraf etilgan. Yong‘inni keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Yong‘in oqibatida AGTKSh hududida “ZIL” rusumli yuk avtomobilining motor va salon qismlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech