18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Mamlakatimizda
30 Aprel  2019 1165

O‘zbekiston vakillari Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumiga taklif etildi

Ushbu tadbirga bag‘ishlangan brifing Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Yozguli Mammedov tomonidan o‘tkazildi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 2014-yilda Kaspiybo‘yi davlatlari rahbarlarining IV sammitida transport va savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida shartnomalar tuzish, shuningdek, Kaspiy iqtisodiy forumini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqandi.

2018-yil Oqtov (Qozog‘iston)da Kaspiybo‘yi davlatlari rahbarlari tomonidan joriy yilda ushbu forumni o‘tkazish aks etgan Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya va bayonot imzolangandi.

Ushbu tashabbus xalqaro dengiz, avtomobil, temir yo‘llariga olib chiquvchi iqtisodiy jarayonlarda strategik ahamiyatga ega.

Kaspiy forumi uch qismdan iborat bo‘ladi – xalqaro konferensiya, innovatsion texnologiyalarning Kaspiy ko‘rgazmasi va huquqiy-kelishuv (zarur hujjatlarni imzolash).

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi 2019-yilning 12-avgustida «Avaza» milliy sayyohlik hududida bo‘lib o‘tadi.

Sanjar Yoqubov.

Muzaffar Abdullaev surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech