25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,4 °C

Tashvishli xabar
7 Fevral  2020 1876

Qo‘ng‘irot avlodiga taaluqli tarixiy tangalar saqlab qolindi

Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan noyob tarixiy qimmatbaho buyumlarning yurtimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishining oldi olindi.

Nukus xalqaro aeroportida bojxonachilarning e’tiborini chet elga uchib ketayotgan yo‘lovchi — fuqaro M.B.ning asabiy holati o‘ziga tortdi.
O‘rnatilgan tartib bo‘yicha o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida fuqaroga tegishli yo‘l xaltasida bekitilgan, shuningdek bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ham e’lon qilinmagan mis rangidagi metaldan zarb qilingan 10 dona qadimgi tangalar topilgan.
Olib borilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, arab yozuvi bitilgan topilgan tangalar XIX asrning ikkinchi yarmiga taaluqli ekanligi, hamda Xorazmdagi Qo‘ng‘irot urug‘iga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Ekspertizadan o‘tkazilgan tangalar Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati muzeyi fondiga topshiriladi.
Hozirgi vaqtda aniqlangan qoidabuzarlik fakti bo‘yicha bojxona tekshiruvi o‘tkazilmoqda, deya xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech