07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Xavfsizlik
30 Oktyabr  2019 2620

2 mlrd. so‘mdan ortiq noyob madaniy boyliklar olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqilishi bilan bog‘liq yirik qonunbuzarlikka chek qo‘yildi, deb xabar qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

“Sirdaryo” chegara bojxona postiga “Lasetti” avtomashinasida kirib kelgan fuqaro X.D.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi.

Shundan so‘ng avtomobil va uning tirkamasidagi yuklar haydovchi va xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan, Madaniyat vazirligining tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan, 32 dona turli ko‘rinishdagi haykallar, 1 dona ikona, 1 dona xoch, 12 dona ko‘za hamda 1 dona vazalarni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu madaniy boyliklar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Xitoy davlati hamda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G‘arbiy yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligi va ularning umumiy qiymati 2 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etishi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech