18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Mamlakatimizda
3 Iyun  2019 482

Prezident faromoni bilan 575 nafar fuqaro afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik va mehr-oqibat, kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Mazkur insonparvarlik akti – davlatimizning har qanday holatda ham fuqarolar uchun g‘amxo‘rligining yorqin misolidir.

Zero, jinoyatga qo‘l urgan, boshi devorga tekkandan so‘ng adashganligini tushunib yetgan odamlarni afv etish – muqaddas dinimizning ham asosiy arkonlaridan biri sanaladi.

Farmonga muvofiq, sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan 575 nafar fuqaro afv etildi.

Ularning 361 nafari jazodan to‘liq ozod qilinib, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bag‘riga qaytariladi, shuningdek, 214 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech