21 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,7 °C

Voqea-hodisalar
16 Iyun  2020 943

Qirgʻiziston Bosh vaziri isteʼfoga chiqdi

Qirgʻiziston prezidenti Bosh vazir va hukumatning isteʼfosini qabul qildi.

Bugun Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Bosh vazir Muhammedkaliy Abilgʻoziyev va respublika hukumatining isteʼfosi toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi, deb xabar beradi Dunyo” AA.

Qarorga koʻra isteʼfodagi hukumat aʼzolari yangi hukumat shakllantirilgunga qadar oʻz majburiyatlarini ijro etishni davom ettiradi, deya xabar beradi Qirgʻiziston milliy “Kabar” axborot agentligi.

“Mamlakat koronavirus xuruji va uning iqtisodiyotga keltirayotgan salbiy oqibatlariga qarshi kurash olib borayotgan murakkab bir sharoitda hukumat barqaror faoliyat olib borishi va fuqarolar ishonchini toʻla qozonishi kerak, mavhumlik esa, aksincha hukumatning toʻlaqonli faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qiladi, — deyiladi Muhammedkaliy Abilgʻoziyevning isteʼfo toʻgʻrisidagi rasmiy arizasida. – Yuqoridagilarni hisobga olgan holda men Qirgʻiziston Bosh vaziri lavozimi vakolatlarini topshirishga qaror qildim”.

Muhammedkaliy Abilgʻoziyev hukumatga 2018-yil apreldan beri rahbarlik qilib kelayotgandi. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar u Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech