23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,1 °C

Kеyingi avlod
4 Iyul  2019 1161

Prezident maktablariga saralash imtihoni natijalari qachon e'lon qilinishi aytildi

2-iyul kuni saralash imtihonlari barcha 4 ta hududda (Toshkent, Namangan,  Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) yakuniga yetdi, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Saralash imtihonlari yakuniga ko‘ra jami ishtirok etishi kerak bo‘lgan 27 471 o‘quvchidan 27 119 (98,7%) nafari qatnashdi. 349 (1,3%) o‘quvchi imtihonlarga kelmagan bo‘lsa, 3 o‘quvchi imtihondan chetlashtirildi.

Javoblar varaqlari imtihon o‘tkazilgan joylarning o‘zida “Cambridge Assessment International Education” vakillari tomonidan tegishli qutilarga joylanib, muhrlandi va tekshirish uchun Buyuk Britaniyaga yuborildi.

Saralash imtihoni natijalari 16-iyulga qadar e'lon qilinishi rejalashtirilgan. Natijalarni onlayn tarzda ko‘rish imkoniyati yaratiladi va alohida ko‘rsatma beriladi.

Yakuniy imtihonlar 21-24-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur bosqichga 27 119 nomzoddan 11 520 tasi (41,8%), ya'ni qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar yo‘llanma olishadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech