27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Hukumat
10 May  2019 1876
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Suzuk ota majmuasi chinakam bilim va tarbiya maskaniga aylandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni poytaxtimizdagi Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi.

Yaqin-yaqingacha Suzuk ota ziyoratgohini ko‘pchilik bilmas, maqbara va eski masjid zax tortib qolgan edi. Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-may kuni Suzuk ota majmuasida bo‘lib, maqbara hamda masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. 2018-yil 9-fevralda qurilishning borishi bilan tanishib, majmua yonida hunarmandlar uchun uy-joylar barpo etish zarurligini ta’kidlagandi. 

Bugun mazkur tashabbuslar to‘la ro‘yobga chiqdi. Maqbara va masjid qurilib, qariyb 8 gektarlik maydon obodonlashtirildi. Majmuaga kirish binosida muzey, kutubxona, mahalla idorasi va boshqa ob’ektlar joylashtirildi. Maqbaraning ikki tomonida hunarmandlar uchun har biri 4,5 sotixli o‘ttizta kottej barpo etildi.

Bugungi tashrif chog‘ida Prezidentimiz ushbu bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Maqbara ziyorat etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Shu yerda diniy ulamolar, nuroniylar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari ularni Ramazon oyi bilan yana bir bor tabriklab, yangilangan majmuaning shunday ulug‘ ayyom kunlarda ochilishi xayrli ekanini ta’kidladi.

– Boshqa davlatlar yo‘q tarixini bor qilishga harakat qiladi. Biz buyuk tariximizni, allomalarimiz merosini xalqimizga, yoshlarimizga to‘liq yetkazib berolmadik.

O‘zligimizni anglash nuqtai nazaridan shunday joylarga e’tibor bersak, bunga hamma e’tibor qaratadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Ma’lumki, Suzuk ota o‘ymakor usta bo‘lgan. Bugun uning qadamjosi atrofida hunarmandchilik uylari tashkil etilgani chuqur mazmun-mohiyat kasb etdi. Ikki qavatli bu xonadonlarning birinchi qavati ustaxona va do‘kon uchun ajratilgan. Bu o‘ziga xos hunarmandchilik markazi bo‘lib, majmua bilan birga noyob turizm maskaniga aylanadi.

Prezidentimiz ushbu uylarni, yog‘och qirmachilik va xattotlik ustaxonalarini kirib ko‘rdi.

– Hunarmandchilik – halol kasb. Bugungi kunda eng katta vazifamiz – ish joylari yaratish. Hunarmandlarga sharoit yaratsak, ham o‘zini boqadi, ham boshqalarni ish bilan ta’minlaydi. Shogirdlar tarbiyalasa, qancha yoshlar hunarli bo‘ladi, o‘z tadbirkorligini ochib, daromad topadi, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech