23 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Hukumat
28 Iyun  2019 1201
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Prezidentimiz fuqarolik aviatsiyasi aeroporti qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy» aerodromi negizida barpo etilayotgan aeroportni koʻzdan kechirdi.
Davlatimiz rahbari oʻtgan yil mazkur loyiha bilan tanishib, fuqaro aviatsiyasi tizimini takomillashtirish yuzasidan koʻrsatmalar bergan, mamlakatimizda ishbilarmonlik aviatsiyasini jonlantirish kerakligini taʼkidlagan edi.
 
Bugungi kunda aeroport hududida 4 kilometr uzunlikdagi 2 uchish-qoʻnish yoʻlagi, 20 samolyot uchun perron qurilmoqda.
 
Aeroport ikkita terminaldan iborat boʻladi. Birinchi terminalda davlat rahbarlari va hukumat delegatsiyalariga, ikkinchi terminalda soatiga mingta VIP-yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan bino va inshootlar barpo etiladi. Kuniga 100 tonna yukni qayta ishlash, “Boing-787” va “A-320” samolyotlari va “MI-8” rusumdagi vertolyotga texnik xizmat koʻrsatish imkoniyatlari yaratiladi.
 
Qurilish ishlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ buyurtmasi asosida “Trans yoʻl qurilish maxsus pudrat” MCHJ, “Qurilish-montaj tresti” va “Toshkent koʻpriklardan foydalanish” unitar korxonalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish boʻyicha kompleks ishlarni bajarish uchun Shveysariyaning “B and Contractors S.A.” va “IT Engineering S.A.” kompaniyalari bilan shartnoma imzolangan.
 
Loyihaning birinchi bosqichini 2020-yilda yakunlash rejalashtirilgan.
 
Prezidentimiz bu yerdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, chet ellik mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Aeroportni uzoqni oʻylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini taʼkidladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech