23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
21 Dekabr  2018 6233

O‘zbekiston Prezidenti yil odami deb e'lon qilindi

Seulda joylashgan Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevni siyosiy yo‘nalishda yil odami deb e¦lon qildi. Bu haqda “The Korea Times” xabar qildi.

Unda qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev 2016-yil dekabrda O‘zbekiston Prezidenti bo‘lganidan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida tinchlik o‘rnatish va aloqalarni davom ettirishga harakat qilmoqda. Shuningdek, uning inson huquqlari, iqtisodiy islohotlar, ochiq siyosat yuritish va siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha qilgan islohotlari alohida e’tirof etilgan.

Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha “LG Group” faxriy raisi Ku Bon Mu, misrlik taniqli kardiojarroh Mahdi Habib Yoqub, futbol bo‘yicha Vetnam terma jamoasi murabbiyi Pak Xan Solar ham yil odam deb topilgan.

“Bu insonlar assotsiatsiya yetakchilari va har bir davlat vakillari tomonidan tanlab olingan. G‘oliblarga o‘z hurmatimni bajo keltiraman”, degan assotsiatsiya prezidenti Ashraf Dali.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2019-yilning bahorida assotsiatsiya bosh assambleyasida bo‘lib o‘tadi.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech