19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Hukumat
24 Sentyabr  2019 879

O‘zbekiston Prezidenti mukofotlandi

YUNIATF yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashishdagi ulkan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mukofotladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi (YUNIATF) mukofoti topshirildi. Bu haqda Yuksalish umummilliy harakati xabar qilmoqda. 

YUNIATFning 11-yig‘ilishida (2018-yil 8–9-noyabr, Jeneva) yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va nazorat qilishda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shayotgan shaxslar yutuqlarini tan olish va ommalashtirish maqsadida har yili maxsus mukofot ta'sis etishga qaror qildi.

2019-yil fevral oyida quyidagi to‘rt toifadagi tashkilotlar uchun nominatsiyalar e'lon qilindi:

- Sog‘liqni saqlash vazirliklari (yoki sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi davlat muassasalari);

- Sog‘liqni saqlash sohasidan tashqari vazirliklar (yoki davlat muassasalari);

- Nodavlat sub'ektlar (nodavlat tashkilotlar, ilmiy doiralar yoki xayriya tashkilotlari);

- BMTning mamlakat jamoalari.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech