29 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Xalqaro munosabatlar
28 Noyabr  2019 865
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Prezidentlar kitoblar koʻrgazmasi bilan tanishdi

Muzokaralardan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston rahbarining kitoblari - ilmiy asarlari koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Ushbu kitoblar mamlakatimiz ilmiy-akademik doiralari va ijodiy jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotganini taʼkidlash lozim. Mazkur tashrif arafasida Gurbanguli Berdimuhamedovning qator kitoblari - “Baxtli hayot sogʻliqdan boshlanar”, “Madaniyat – xalqning bebaho xazinasi”, “Barhayot afsona”, “Choy – shifo va ruhiy quvvat manbai” nomli asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan edi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentiga mamlakatimizda chop etilgan Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblarining ilk nusxalarini sovgʻa qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech