06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,7 °C

Mamlakatimizda
1 Fevral  2019 2550

Adliya vazirligi huzurida Axborot-tahlil multimedia markazi ochildi

Adliya vazirligi huzuridagi eng yangi IT-texnologiyalari va raqamli  uskunalar bilan jihozlangan Axborot-tahlil multimedia markazi faoliyatini boshladi.

Markazda maxsus dekoratsiyali va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bir nechta studiya faoliyat olib boradi. Bu yerda tok-shou va turli formatdagi dasturlarni suratga olish mumkin.

Ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilish, jumladan yuzma-yuz interaktiv uchrashuvlar, brifing va matbuot anjumanlari o‘tkazish uchun maxsus media maydonchalar yaratilgan.

Markazni texnik jihatdan jihozlash — LED-ekranlar, kameralar, yoritgichlar, ko‘p funksiyali ovoz yozish tizimi va boshqa apparatura jamoaga eng dadil media loyihalarni amalga oshirish, xususan hujjatli filmlarni suratga olish imkonini beradi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech