23 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,7 °C

Transport
8 Avgust  2019 571

UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqarishni vaqtincha to'xtatadi

Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, 2019-yilning 26-avgustidan boshlab «UzAuto Motors» AJ zavodlarida yillik rejali profilaktika ishlari boshlanadi, deb xabar beradi jamiyat matbuot xizmati.

Ushbu chora-tadbirlar doirasida texnologik asosiy va yordamchi uskunalarni modernizatsiya qilish hamda kommunal xo‘jaligi va muhandislik- kommunikatsion tarmoqlarga texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, korxonalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib boriladi.

Shu o‘rinda  xaridorlarga tayyor mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha barcha shartnoma majburiyatlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi taminlanishini qayd etamiz. Rejalashtirilgan profilaktika ishlari oldindan tuzilgan transport vositalarini yetkazib berish jadvaliga ta'sir qilmaydi.

Avtomobil ishlab chiqarish 2019-yilning 23-sentyabridan boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech