19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Agrosеktor
8 Oktyabr  2019 866

Shumanayda fermerga 20 mln. so‘mlik paxta qo‘shib yozildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shumanay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, “J” fermer xo‘jaligiga “Shumanay paxta qabul qilish maskani” AJ mansabdorlari tomonidan paxta qo‘shib yozilgani aniqlandi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Fermer xo‘jaligi tomonidan 2.580 kg paxta xomashyosi topshirilgan bo‘lsada, “Shumanay paxta qabul qilish maskani” AJ mansabdor shaxslari jamiyat pul mablag‘larini talon-toroj qilish maqsadida, yuk xatlariga soxta ma'lumotlar kiritib, umumiy qiymati 20,8 mln. so‘m bo‘lgan 5.940 kg paxta xomashyosini qo‘shib yozib, hujjatlarni soxtalashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan “Shumanay paxta qabul qilish maskani” mansabdor shaxslariga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech