26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

investitsiyalar
22 Yanvar  2020 1822

Investitsiya jalb etish

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmanov «Percetakan Nasional Malaysia Berhad» (PNMB) kompaniyasiga tashrif buyurdi va uning ijro etuvchi direktori Muhammad Abdulloh bilan muzokara olib bordi.

Портал pv.uz/Правда Востока/22 января. PNMB yuqori sifatli nashriyot-poligrafiya xizmatlari ko‘rsatish, bank, savdo va transport sohalarida moliyaviy optimallashtirishni amalga oshirish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bo‘yicha yetarli tajribaga ega. Kompaniya o‘z faoliyatini yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida yuritib kelyapti.

Uchrashuv doirasida Malayziya tomonining tegishli uskunalarini jalb etish yo‘li bilan Malayziya kompaniyasini respublikada bank va ID plastik kartalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar rahbariyati bilan yuqorida qayd etilgan loyiha detallarini batafsil muhokama qilish maqsadida muzokaralar olib borish uchun joriy yilning mart oyida PNMB kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech