11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Xavfsizlik
10 Iyun  2020 1169

Oʻrdakka emas, yurakka tekkan

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyat filiali shifokorlari pnevmatik miltiqdan otilgan oʻq tufayli yuragidan yaralangan 20 yoshli qizning hayotini saqlab qoldilar.

6-iyunda Yakkabogʻ tumanida yashovchi shaxs doʻstlari bilan mahalliy fermer xoʻjaligiga qarashli baliqchilikka ixtisoslashgan sunʼiy hovuzga dam olishga borgan, deb xabar beradi “Novosti Kashkadari” viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib. Dam olishga kelganlar pnevmatik miltiqdan yovvoyi oʻrdaklarni ovlay boshlagan.

Spirtli ichimlik ichib olgandan keyin ulardan biri ovdan zerikib, optik pritsel orqali 50 metrcha narida turgan notanish qizni nishonga olgan. Va tasodifan tepkini bosib yuborgan.

Shifokorlarning aniqlashicha, oʻq oʻng yelka orqali oʻtib, koʻkrak qafasiga tekkan, Oʻng oʻpkaning yuqori qismini teshib oʻtib, yurakning tashqi biriktiruvchi toʻqima pardasiga borib tekkan. Murakkab operatsiya yoʻli bilan shifokorlar oʻqni topishga va olib tashlashga muvaffaq boʻlishgan.

Qizning hayotini filialning yuqori malakali shifokorlari Olim Shomurodov, Sherbek Yaxshiboyev va Ural Shaminovlar saqlab qoldilar.

Ovchi yigitga nisbatan esa Yakkabogʻ tuman IIB tergov boʻlimi tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech