01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,8 °C

Ijtimoiy hayot
17 Fevral  2020 884

Probatsiya xizmati tizimi takomillashmoqda

2020-yil 14-fevralda Hukumatnig 84-sonli «Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1 martdan boshlab nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, yuridik yo‘nalishdagi OTMlar ta'lim dasturlariga nazorat ostidagilarning psixologik portretini o‘rganish bo‘yicha maxsus mavzular kiritiladi hamda tegishli OTMlarda psixologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning probatsiya bo‘linmalarida amaliyot o‘tashlari yo‘lga qo‘yiladi.

Qaror bilan 2020-2021-yillarda ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari rejasi hamda hamkorlikdagi faoliyat mexanizmi tasdiqlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech