15 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,8 °C

Mamlakatimizda
13 Noyabr  2019 547

“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qonunga muvofiq, ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan 20 ga yaqin qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari ishining o‘ziga xos tomonlaridan kelib chiqqan holda, 20 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga 15 kalendar kun qo‘shimcha ta'til beriladi.

Shu bilan birga, endilikda Prokuratura organlari xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi (ilgari ular ilmiy, o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bilan faqat asosiy ishdan bo‘sh vaqtda shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan).

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tadbirkorlar manfaatlarini ko‘zlab ma'muriy sudga berilgan ariza (shikoyat) yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishiga oid norma kiritildi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech