20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +27,4 °C

Sanoat
26 Iyun  2019 1370

G‘uzor tumanida yangi quduqdan tabiiy gaz olish boshlandi

“O‘zbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyatining Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududida joylashgan “Oydin” konining yangi 11-sonli ishlatish qudug‘idan sanoat miqiyosida tabiiy gaz oqimi olindi, deb xabar beradi jamiyat matbuot xizmati.

Quduqning kunlik gaz berish ko‘rsatkichi 120-150 ming kub metrni tashkil qilib, Shurtan Bosh inshootida qayta ishlanadi va iste’molchilarga yetkazib beriladi.

Ushbu quduqdan olingan tabiiy gaz oqimi «Sho‘rtanneftgaz» mas'uliyati cheklangan jamiyatining kunlik qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish bilan birga, halqimiz  farovonligi yo‘lida xizmat qiladi.

Burg‘ilash ishlari “O‘zbekneftgaz” AJning “Qashqadaryo parmalash ishlari” AJ tomonidan 2019-yil 3-aprel kuni boshlangan va belgilangan muddatdan oldin tugatildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech