07 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Dolzarb
4 Iyun  2020 593

Pandemiya magʻlub etildi

Yangi Zelandiya dunyoda birinchi boʻlib koronavirus tufayli oʻrnatilgan barcha cheklovlarni bekor qiladi.

8-iyunda hukumat koronavirus bilan bogʻliq barcha cheklovlarni bekor qilish haqida qaror qabul qiladi. 11 kun davomida mamlakat hududida bironta ham yangi kasallanganlar qayd etilmagan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta Sky Newsga tayanib.

«Biz tutgan yoʻl — ehtiyotkorlik bilan oldinga intilish va birinchi boʻlib yetib olish, — deb taʼkidlagan mamlakat Bosh vaziri Jasinda Ardern xonim. — Biz COVID-19ni boshidan kechirgan, lekin normal hayotga tezda qayta olgan dunyodagi birinchi mamlakatlardan biri boʻlamiz».

Bosh vazir shuningdek, karantindan chiqishni 22-iyunda eʼlon qilishni koʻzda tutgan ekanligini, lekin buni ertaroq ham amalga oshirsa ham boʻlishini tushuntirgan. Koronavirusga qarshi kurashdagi yutuqlar salkam yetti hafta davomidagi qatʼiy chegaralash evaziga qoʻlga kiritilgani bilan tushuntiriladi. Bu vaqt mobaynida koʻpchilik korxonalar yopiq edi. Baʼzi soha vakillaridan tashqari hamma oʻz uyida qolgandi, — deyiladi.

 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech