22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Mamlakatimizda
21 Mart  2019 1474

Q-Box moslamasidan qaysi maqsadlarda foydalaniladi?

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari joriy yilning 11–20 mart kunlari Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasidagi umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga Q-Box moslamalarini  o‘rnatdi. Mazkur moslama respublikamizning chekka hududlaridagi maktablar, kollejlar OTMlar va boshqa ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan o‘quvchi hamda talabalarga Wi-Fi tizimi shaklida ta'lim dasturlarini va ma'lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan ulkan imkoniyatdir.

Unga kompyuter, smartfon, planshet, noutbuk orqali xuddi Wi-Fi uskunasiga ulangandek kirib, o‘zi istagan resurslardan foydalanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, internetga ulanmasdan turib, aynan ushbu tarmoq bera oladigan ma'lumotlarga egalik qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Qashqadaryo (5ta), Navoiy (6ta), Buxoro (5ta), Xorazm (5ta), Samarqand (5ta) viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining (6ta) chekka hududlarida joylashgan umumiy o‘rta ta'lim maktablariga, shuningdek, Samarqand davlat chet tillari instituti, Samarqand veterinariya tibbiyot institutiga Q-Box moslamalari o‘rnatildi va ulardan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Asilabonu Hamzaeva

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech