01 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13 °C

Bilasizmi?
31 Mart  2020 1926

Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining qiziq jihatlari

Ma’lumki, Olimpiya o‘yinlari XIX asrda emas, balki Qadimgi Yunonistonda, antik davrdayoq o‘tkazilgan.

Zamonaviy Olimpiya harakatining tarixiga esa 120 yildan oshdi (1894-yilda Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash bo‘yicha Kongress o‘tkazilgan).

Birinchi Olimpiya o‘yinlari miloddan avvalgi 776-yilda bo‘lib o‘tgan. Ko‘pchilik tarixchilarning fikricha esa, undan oldin xam o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.

O‘sha vaqtlarda Olimpiada faqat bir kun davom etgan, keyinchalik 5 kungacha cho‘zilgan. Xar bir kun ma’lum bir musobaqa uchun ajratilgan. Dastlabki Olimpiya o‘yinlarida faqatgina bitta musobaqa – yugurish bo‘lgan (192,27 metr masofaga). Asta-sekin Olimpiya dasturlariga yangi musobaqalar – disk uloqtirish, kurash, aravachalar poygasi, uzoqqa sakrash va kuch sinashish kabilar kiritilgan.

Qadimgi Yunonistonda Olimpiya o‘yinlari o‘ziga xos milliy ruhda tashkil etilishi barobarida, musobaqalarda qatnashish va ularni tomosha qilish huquqiga faqat ozod tug‘ilgan yunonlargina ega bo‘lgan. Shuningdek, ayol kishilarning kirishi va ishtirok etishi qat’iyan ta’qiqlangan. Faqatgina bitta ayol – Demetra ibodatxonasining xizmatchisi kirishi mumkin bo‘lgan.

Zamonaviy sportda qoidani buzganliklari uchun atletlarga qizil yoki sariq kartochka berishlari, to‘plagan ochkolarini olib tashlashlari, diskvalifikatsiya qilishlari mumkin. Avvallari esa bunday bo‘lmagan. Qadimgi greklar juda qattiqqo‘l bo‘lishgan. Masalan, biror atlet startga ertaroq chiqsa, uni tayoqlar bilan savalashgan. Musobaqa ishtirokchilari nosog‘lom raqobat qilsa, qoidalarni buzsa, uni toshbo‘ron qilishlari va hatto o‘ldirib yuborishlari ham mumkin bo‘lgan. Qoidalarga rioya qilmaslik Zevsga (Qadimgi Yunon xudosi) nisbatan hurmatsizlik deb baholangan.

394-yilda Rim imperatori Feodosiy I Olimpiya o‘yinlari o‘tkazishni taqiqlagan. Rimliklarning fikricha, Olimpiada xristian dinining greklar orasida tarqalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan (to‘sqinlik qilgan), deb ma’lumot beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech