24 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

OAV O‘zbеkiston haqida
13 Mart  2020 1751

Qadimiy va navqiron Buxoro

Rossiya aviakompaniyasining bort jurnali «UTair» ning mart sonida muqaddas shahar Buxoroga bag‘ishlangan illyustartiv maqola chop etilgan deb xabar beradi «Dunyo»AA.

Unda Buxoroning Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri ekanligi e'tirof etilgan.

«Uning necha yoshda ekanligini hyech kim bilmaydi. Shahar har doim o‘z joiyda turgan. Lekin arxeologlar madaniy qatlamni kovlay boshlaganida ularning qazishma ishlari 20 metr chuqurlashib ketgan. U yerdagi inson qo‘li bilan yaratilgan buyumlarning yoshi 2 500 yilni tashkil etadi. Lekin bu hali oxiri, ya'ni tarixning boshlanishi degani emas.

So‘ngi 25 asr ichida Buxoro beshta xonlik va bir respublikaning poytaxti bo‘lishga ulgurgan. Unga Marko Polo qoyil qolgan, Umar Hayyom zavqlangan, Buyuk soibqiron Amir Temur esa unga «sharif» (Buxori sharif), ya'ni muqaddas unvonini taqdim etgan. Shaharning qadimiy markazida juda ko‘p me'moriy yodgorliklar bo‘lib, ularningg barchasi bus-butunligicha YuNeSKOning Butunjahon insoniyat merosi ro‘yxatiga kiritlgan. 2020-yiilda esa Buxoroni rasman Islom madaniyati markazi deb tan oldilar», — deb yozadi muallif.  

Shuningdek jurnalist iliq, xushmuomala, jonli va mehmondo‘st muhit uchun sayyohlar u yerni sevishini ta'kidlaydi. «U haqiqiy sharq go‘zali — bir marta ko‘rsang, hyech qachon unuta olmaysan. Yozda bu yerda issiq, qishda sovuq, bahor va kuzda esa uchrashuvga chiqish uchun juda qulay ob-havo hukm suradi», — deya ta'riflaydi.

Maqolada shaharning diqqatga sazovor joylari batafsil ta'riflangan. Masalan, Ark qa’asi, Chor Minor, Sitora Mohihosa saroyi va hokazo.

Shaharning madaniy tarixiga e’tibor qaratarkan, uni «ilmlar maskani» deb nomlaydi. O‘rta asrning boshidan XIX asrga qadar shaharning yirik jahon madaniyati va fani markazi ekanligini e’tirof etar ekan, fikrini bu yerda Abu Ali ibn Sino, Firdavsiy, Rudakiy, Ulug‘bek va Hayyomlar yashab, o‘qib va mehnat qilgani bilan tasdiqlaydi. Afsonaviy Xo‘ja Nasriddining ham asli Buxorodan ekanligiga o‘quvchini ishontirishga urinadi. XVI asrda shahar eng gullab-yashnagan paytida bu yerda ikki yuzdan ziyod madrasa bor ekanligiga e’tibor qaratgan. Shuningdek, madrasalarning ham me’moriy tarifini keltirgan.  

Albatta, Buxorolik pazandalarning mohirligi «UTair» muxbirining nazaridan chetda qolmagan. Choxynaning xizmat madaniyati, u yerdagi somsa, lag‘mon, g‘ijduvon kabobi va boshqa go‘shtli taomlarni og‘zidan bol tomib tasvirlaydi.

O‘zbek milliy oshxonasining qiroli bo‘lmish oshning turlaridan tortib, uni tayyorlash jarayonlarigacha bor ilhomini ishga solib tasvirlagan. Eng qizig‘i, uni tibbiyot nuqtai nazaridan ham foydali taom ekanligini asoslashga sidqi dildan yondoshgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech