11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Salomatlik
14 Iyul  2020 465

Qandli diabet, jigar sirroizi, koronavirus...

 Qandli diabet, insult va jigar sirrozi bilan ogʻrib kelgan ikki nafar bemor koronavirusga chalinib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

 

Poytaxtimizning Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli ayolda joriy yil 9-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va oʻtkir nafas yetishmovchiligi bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik nafas va oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

U shuningdek, qandli diabet, gipertoniya va jigar sirrozi kasalliklari bilan ham ogʻrib kelgan. Shifoxonada bemorning davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Toshkent shahrida yashovchi yana bir 60 yoshli erkak bemor ham joriy yil 6-iyul kuni ertalab qon bosimi yuqori boʻlib, gapirmay qoʻyganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

Unda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va bemor oʻta ogʻir ahvolda sunʼiy nafas olish apparatiga ulangan holda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga oʻtkazilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi ogʻir kechishi hamda insult tashxisi qoʻyilgan. Xastalik miya shishi, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda koma asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham ogʻrigan.Bemor bundan avval, bir necha yillardan buyon gipertoniya, qandli diabet bilan ogʻrigan, 2019-yilda insultni oʻtkazgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar, jumladan, Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan har ikkala bemorning ham ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech