19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,8 °C

Yashil sayyora
13 Mart  2019 1507

Qashqadaryoda pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalari barpo etiladi

Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (213-son, 12.03.2019 y.) qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, Chiroqchi tumanida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.  

Mazkur o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifasi, jumladan pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish, o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish hisoblanadi.

Bundan tashqari qarorga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaliklaridagi 7 ming gektar hududda 2019–2020-yillarda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda (oblepixa) plantatsiyalari barpo etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech