27 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -0,9 °C

Energetika
10 Yanvar  2020 803

Qashqadaryoda zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlandi

Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shahar iste'molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlandi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

“Elektron xisoblagich” mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shahar iste'molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari boshlandi. Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida 644 mingdan ortiq iste'molchi bo‘lib, hozirgi kunda 73 mingdan ziyod hisoblagich o‘rnatildi. 2020-yil yakuniga borib bu ko‘rsatkichni yuz foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari hisobidan bepul o‘rnatilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech