26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22 °C

Salomatlik
22 May  2020 177

Qatʼiy karantinga jalb etildi

Navoiy viloyatida virus yuqtirib olgan bemorlar qaysi hududdan ekanligi maʼlum boʻldi.

Xabaringiz bor, bugun Navoiy viloyatida koronavirus yuqtirib olganlar soni 15 nafarga koʻpaydi. Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining bergan maʼlumotlariga koʻra, bemorlarning

11 nafari Zarafshon shahridan,

3 nafari Xatirchi tumanidan hamda

1 nafari Konimex tumanidan ekanligi qayd etildi.

Barcha bemorlar Zarafshon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida hamda NKMK Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 3 — sonli TSQ “Terapiya” boʻlimida davolanmoqda. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda boʻlgan fuqarolar belgilangan tartibda qatʼiy karantinga olingan.

Shunday ekan, karantin talablariga rioya eting. Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini xavfga quymang. Uyda qoling, deb ogohlantiradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech