13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7 °C

Xavfsizlik
2 Dekabr  2019 418

Qibraydagi voqyea yuzasidan «Hududgazta'minot» AJ rasmiy ma'lumot

Joriy yilning 1-dekabr kuni respublikamizdagi internet nashrlar hamda boshqa ijtimoiy tarmoqdagi axborot tarqatuvchilar tomonidan, Toshkent viloyati, Qibray tumanida bir oilaning 16 nafar a'zosi is gazidan zaharlanib shifoxonaga yotqizilgani, jabrlanganlarning 11 nafari bolalar ekanligi haqidagi xabar tarqatildi.

Ushbu xabardagi ma'lumotlar yuzasidan, «Hududgazta'minot» AJ va «Hududgaz Toshkent» MChJning «Qibraytumangaz» filiali xodimlari xabarda e'lon qilingan, Qibray tumani, «Alisherobod» mahalla fuqarolar yig‘ini «Yangi tong» ko‘chasida joylashgan xonadonga vaziyatni o‘rganish uchun zudlik bilan yetib borishdi. Mutaxassislar tomonidan xonadondagi barcha gaz jihozlari va quvurlari qat'iy nazoratdan o‘tkazilganda, xonadaonda gaz sizib chiqishi va is gazidan zaharlanish holatlariga olib keluvchi sabablar mavjud emasligi aniqlandi, deb xabar beradi “Hududgazta'minot” AJ matbuot xizmati. 

Faqat, xonadonga o‘rnatilgan isitish moslamasining joylashuvi tasdiqlangan texnik rejaga zid ravishda, o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib olingani aniqlanib, darhol gaz ta'minotidan uzildi. Xonadon egasi o‘zi istiqomat qiluvchi hududda gaz ta'minotida uzilishlar bo‘lmaganligi va gaz ta'minoti korxonasiga hyech qanday e'tirozi yo‘qligini ma'lum qildi.

Surishtiruvlar natijasida, voqyea aslida bir kun avval mehmondorchilik uchun xonadonga kelgan qarindoshlarning qo‘lbola konserva maxsulotlarini iste'mol qilishi natijasida 7 fuqaro jumladan, ikki ayol va 5 ta bola oziq-ovqatdan zaharlanib shifoxonaga yotqizilgani aniqlandi.

«Hududgazta'minot» AJ ommaviy axborot vositalar va internet nashrlardan bunday baxtsiz holatlar, ayniqsa inson hayoti hamda salomatligi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz xabarlarni tarqatishda holatni o‘rganib, rasmiy va aniq ma'lumotlar asosida e'lon qilishlarini, gaz iste'molchilaridan esa xonadon va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga muntazam e'tiborli bo‘lishlarini hamda ulardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.   

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech