01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Tashvishli xabar
10 Aprel  2020 932

Qimorbozlar qo‘lga olindi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi qimorxona egasining faoliyatiga chek qo‘yildi.

Navoiy viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotlarga asosan, joriy yil 8-aprel soat 21:40 da Karmana tumani IIB JQB hamda viloyat IIB TVBSO xodimlari bilan hamkorlikda Karmana tumani hududida tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida «Kalovot» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zining yashash xonadonida qimorxona tashkil etgani aniqlandi. Uy egasi  mo‘may daromad evaziga uch nafar tanishlarini qimor o‘yiniga jalb etgan. O‘yinda tikilgan umumiy qiymatdagi 3 million 712 ming 500 so‘m pul mablag‘lari hamda 7 dona o‘yin kartalari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirildi. Shuningdek, ulardan birining boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech