08 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,7 °C

Xavfsizlik
9 Oktyabr  2019 457

Qo‘lbola usulda tayyorlangan 106,5 mln. so‘mlik alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani O‘zbekiston ovul fuqarolar yig‘ini hududida tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida egri yo‘lni tanlagan “tadbirkorlar” faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar qiladi.

Tadbir davomida fuqaro X.R. va S.S.lar o‘zaro til biriktirgan holda To‘rtko‘l tumani O‘zbekiston OFYda joylashgan uylarida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini tayyorlab kelayotganligi aniqlandi. Ushbu fuqarolarga xolis guvohlar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirildi.

Soxta tadbirkorlar S.S. va X.R.larga tegishli bo‘lgan qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan 106,5 mln. so‘mlik aroq va mazkur mahsulotni tayyorlashga mo‘ljallangan 14,8 mln. so‘mlik anjomlar daliliy ashyo sifatida olindi, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech