25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,3 °C

Urbanizatsiya
25 Dekabr  2019 1623

“Qoraqamish” kollektorining 600 metr qismi obodonlashtirilmoqda

“Qoraqamish” kollektorining Olmazor tumani “Gulsaroy” ko‘chasidan “Damashi” kanaliga quyulish joyigacha bo‘lgan 600 metr qismida obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish ishlari olib borilmoqda, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi.

Mazkur ishlar homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Hozirda obodonlashtirish ishlari jadal sur'atlarda davom ettirilib, kollektor o‘zanini betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ushbu hududda piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish hamda yoritish chiroqlari va o‘rindiqlar o‘rnatish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech