17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Moliya
17 Iyul  2019 879

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi? Qaysilari?

Hukumat qarori (591-son, 16.07.2019-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deya xabar beradi Huquqiy axborot kanali.

Ma’lumki, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chakana va ulgurji realizatsiya qilinganda beriladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019-yil 1-oktyabrgacha bo‘lgan muddatda import qilingan go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek tirik hayvonlar (qoramol va parranda) hamda ularning so‘yish mahsulotlari ham qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech