25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Mamlakatimizda
6 May  2020 271

Qo‘shni davlat hududlariga yordam

Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv omborida yuzaga kelgan toshqindan zarar ko‘rgan Qozog‘iston Respublikasi hududlariga qo‘shimcha kuch va vositalar yetib bordi.

 Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining favqulodda vaziyatdan zarar ko‘rgan hududlarida bo‘ldi. 

Bu yerda suv toshqini natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlari yana bir karra o‘rganilib, zarur tadbirlar belgilab olindi. 

Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi tarafidan 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar mazkur hududga yetib bordi.    

Hozirda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech