20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Xavfsizlik
2 Iyul  2019 474

Qo‘shnisiga yordam beraman deb qotilga aylanib qoldi

1-iyul kuni soat 01:30larda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi 41 yoshli D.R. ismli ayol uyida yordam so‘rab baqiradi. Buni eshitgan qo‘shnisi, 21 yoshli M.R. yordamga chiqadi va uy oldidan mahalladoshi 44 yoshli Sh.M.ning yugurib ketayotganini ko‘radi. Uning ortidan quvib, oyog‘i bilan chalib yiqitadi va boshiga tepadi.

Natijada Sh.M. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

IIV matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.R. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech