28 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,1 °C

Energetika
25 Noyabr  2019 1418

Qo‘shrabotdagi ko‘mir masalasiga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘shrabot tumanida nega ko‘mirning narxi qimmat” sarlavhasi bilan e'lon qilingan maqola yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Temiryo‘lyonilg‘ita'min» boshqarmasi Samarqand birlashgan yong‘in ombori xo‘jaligiga qarashli “Qo‘rolos” ko‘mir ombori bo‘yicha o‘rganish olib bordi, deb xabar qiladi jamiyat matbuot xizmati.

Samarqand birlashgan yong‘in ombori xo‘jaligi boshlig‘i F.Husainovning ma'lum qilishicha, Qo‘shrabot tumanidagi “Qo‘rolos” ko‘mir ombori xodimlari o‘z ish vazifalari nimalardan iborat ekanligini bilmagan holda yolg‘on axborot berganligi aniqlangan.
– Shuni ta'kidlash joizki, fuqarolarga sotiladigan ko‘mir narxlari omborning tashqi va ichki qismida ko‘rgazmada belgilab, ko‘rsatib qo‘yilgan, – deydi Samarqand birlashgan yong‘in ombori xo‘jaligi boshlig‘i F.Husainov. – Bu kabi kamchiliklar kelgusida sodir etilmasligi uchun ombor xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, ularga tushunchalar berib o‘tildi. 
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Qo‘shrabot tumani “Qo‘rolos” ko‘mir ombori taroziboni vazifasida ishlab kelayotgan A.Yalg‘oshev hamda ombor mudiri bo‘lib ishlab kelayotgan G‘.Mirakovlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunda import ko‘mir narxi (Qozog‘iston) – 1 tonna uchun 635.000 so‘m, ko‘mir briketi narxi (Angren) – 1 tonna uchun 412.500 so‘m va ko‘mir narxi (Angren) – 1 tonna uchun 300.300 so‘m etib belgilangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech