17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Xavfsizlik
12 Iyun  2019 822

Qo‘yliqdagi mushtlashuvda bir kishi pichoqlangan, ikki kishi qamoqqa olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chada guruh bo‘lib mushtlashayotgan kishilarning videotasviri tarqaldi. Unda bir nechta fuqarolar hatto mashinada bir-birlarini bosib ketmoqchi ham bo‘lishgan.

– Mazkur hodisa joriy yilning 5-iyun kuni soat 19:50 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Osiyo burger” ovqatlanish shaxobchasi oldida sodir bo‘lgan.  Ushbu hodisa tufayli bir nafar kishiga pichoq vositasida tan jarohati yetkazilgan. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda, – deydi Toshkent shahar prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Farhod Boboniyozov «Zamon» informatsion dasturiga bergan intervyusida.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech